Bu yil Mustaqilligimizning 30 yillgiga bag‘ishlab mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zbek tilini ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda to‘laqonli joriy etishni qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirishga qaratilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Ayni kunlarda Shirin shahrida mazkur tanlovda ishtirok etish uchun qizg‘in tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Shaharning markaziy ko‘chalariga ona tilimizning ijtimoiy hayotimizdagi mavqeini oshirish, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning mazmun-mohiyati aks etgan peshlavhalar o‘rnatildi.
Ulug‘bek Xalilov
Shirin shahar hokimining maslahatchisi