Shirin shahri onaVatanimizning bir parchasi bo‘lgan, ismi jismiga monand, go‘zal maskan. Bu moʻjazgina shaharni viloyatimizning darvozasi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shahar nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida turli rivoyat va taxminlar mavjud. Shulardan haqiqatga yaqinrogʻi, shaharning gʻarbiy qismidagi togʻning Farhod qoyasi tagidan oqib oʻtadigan Shirinqiz soyi nomidan olinganligidir. Shaharning tarixiga nazar tashlasak, uning kelib chiqishi Mirzacho‘lni o‘zlashtirishdek olamshumul hodisa bilan chambarchas bog‘lanib ketganiga guvoh bo‘lamiz. Shirin shahri 1972-yilda tashkil topgan. Moʻjazgina shahrimiz vatanimiz xaritasidan joy olgan. Aslida energetiklar shahrining paydo bo‘lish tarixi uzoqroq davrga, 1943-yilga to‘g‘ri keladi. O‘sha yillari dastlab Farhod GES keyinchalik yana bir azim nurxona, Sirdaryo IES qad ko‘tardi. Shahrimiz, qolaversa, ikki nurxonaning qurilishida millatdoshlarimiz bilan bir qatorda qardosh va boshqa xalq vakillari ham yelkama-yelka ishtirok etishdi.
Shahar aholisi 19420 ming kishi bo‘lib asosan o‘zbeklar, shuningdek,tojik, tatar, koreys, rus, ozarbayjon, turkman va boshqa millatlar ham yashaydi. Bugun bu moʻjazgina shaharda bunyodkorlik ishlari avjida. Shaharda savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari hamda 60 dan ziyod turli shakldagi xususiy va kichik korxonalar mavjud.
Shaharda Yoshlar markazi, Ma’naviyat va ma’rifat maskani, Tibbiyot birlashmasi, umumtaʼlim maktablari, musiqa va san’at maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab, Shirin energetika kolleji, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, axborot-kutubxona markazi, shahar dehqon bozori, “Orom” istirohat bog‘i, “Yoshlar” va “Energetiklar” xiyoboni, “Vatanparvar” maydoni, Xotira maydoni va “Birodarlik” qabristoni mavjud. Shaharda bo‘ladigan barcha yangiliklar “Shirin sadosi” gazetasida chop qilinadi.
SHIRIN SHAHRIDA FAOLIYAT YURITGAN HOKIMLAR

Uryutina Nelli Illarionovna
Shirin shahar 1-hokimi
Faoliyati: 1984-1993 yillarda hokim lavozimida faoliyat yuritgan

Erbekov Isroil Yo‘ldoshevich
Shirin shahar 2-hokimi
Faoliyati: 1993-2000 yillarda hokim lavozimida faoliyat yuritgan

Bo‘taboyev Jo‘raboy Yo‘ldoshevich
Shirin shahar 3-hokimi
Faoliyati: 2000-2004 yillarda hokim lavozimida faoliyat yuritgan

Ibragimov Baxtiyor Ergashevich
Shirin shahar 4-hokimi
Faoliyati: 2004-2007 yillarda hokim lavozimida faoliyat yuritgan

Xakkuliyev Akram Anarkulovich
Shirin shahar 5-hokimi
Faoliyati: 2007-2011 yillarda hokim lavozimida faoliyat yuritgan

Tojiboyev Shukurjon Otaboyevich
Shirin shahar 6-hokimi
Faoliyati: 2011-2016 yillarda hokim lavozimida faoliyat yuritgan

Begaliyev Ilhom Mahmudjonovich
Shirin shahar 7-hokimi
Faoliyati: 2016-2019 yillarda hokim lavozimida faoliyat yuritgan

Xojimatov Abdug‘affor Tillaboyevich
Shirin shahar 8-hokimi
Faoliyati: 2019-2020 yillarda hokim lavozimida faoliyat yuritgan

Sultonov Sarvarbek To‘lqinbek
Shirin shahar 9-hokimi
Faoliyati: 2020-2023 yillarda hokim lavozimida faoliyat yuritgan

Xazratkulov Niyoz Namazbayevich
Shirin shahar 10-hokimi
Faoliyati: 2023-yildan buyon hokim lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda