Aholi muammolarini o‘rganish va ularni tizimli hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar Shirin shahrida davom etadi. Shirin shahar sektor rahbarlari boshchiligida navbatdagi ochiq muloqot Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan hudud Nurobod mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi.
Fuqarolar asosan gaz ta’minoti, ichimlik suvi, yo’l, moddiy yordam ajratish masalalarida sektor rahbarlariga yuzlanishdi.
Jami 14 nafar fuqarolar ishtirok etgan ushbu sayyor qabulda 18 ta murojaatlar qabul qilindi.
Sektor rahbarlari, tashkilot rahbarlari bilan barcha murojaatlar taxliliy ko‘rib chiqilib, jami murojaatlarning 5 tasi joyida ijobiy hal etildi, 6 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi va qolgan 7 ta murojaatning ijrosi sektor rahbarlarining nazoratiga olindi.
Ma’lumot uchun, har kuni o‘tkazilayotgan mazkur ochiq muloqotlardagi murojaatlar ijrosi yuzasidan shahar hokimligida tuzilgan shtabda qat’iy nazorat qilib borilmoqda.
Shirin shahrida bu kabi uchrashuvlar davom etmoqda.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati