Saytimizga hush kelibsiz !

Kafe, restoran – umumiy ovqatlanish shoxobchalari xodimlari ham COVID-19 ga qarshi emlanmoqda

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalgan kundan boshlab davlatimiz tomonidan zaruriy barcha ehtiyot choralari qo‘llanilib kelinmoqda. Shu kungacha bir qancha kuchaytirilgan karantin cheklovlari ham joriy qilinganiga guvoh bo‘ldik. Kasallikning shiddat bilan tarqalayotganligiga asosiy sabab qilib fuqarolarning karantin qoidalariga rioya qilmayotganligini keltirish mumkin. Bugungi kunga kelib, turli rivojlangan davlatlarda ushbu yuqumli kasallikka qarshi samarali, deya e’tirof etilayotgan ko‘plab vaksinalar ishlab chiqildi va mazkur vaksinalar yurtimizda vaksinatsiya uchun foydalanilmoqda. Ayni kunlarda ko‘plab fuqarolar COVID-19 ga qarshi emlanmoqda. Aholi salomatligini saqlashning ayni vatqdagi birdan-bir yo‘li – bu vaksina olish. Ayniqsa aholi gavjum bo‘ladigan maskanlar, muassasalar va shoxobchalarning xodimlari emlanishi muhim sanaladi.


Xususan, joriy yilning 24-iyul kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “Ugolok” kafesi ishchi xodimlari ham koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi bosqich dozasi bilan emlandi.

Ma’lumot uchun, umumiy ovqatlanish shoxobchalari xodimlari to‘liq emlanadigan bo‘lsa, ularning xizmat ko‘rsatish vaqtiga nisbatan cheklov olib tashlanishi, shuningdek emlangan xodimlarga ish beruvchi tomonidan qator rag‘batlantirishlar belgilanmoqda (Hozirda umumiy ovqatlanish shoxobchalari ish vaqti 08:00 dan 20:00 gacha etib belgilangan).

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan