Saytimizga hush kelibsiz !

Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdagi 33-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24-iyul kuni Shirin shahar hokimligining kichik majlislar zalida deputatlar, sektor rahbarlari, tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirokida Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdagi o‘ttiz uchinchi sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
– sessiyalar oralig‘ida qabul qilingan ayrim qarorlarni tasdiqlash;
– Shahar mahalliy budjetining 2021-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi yuzasidan moliya bo‘limi mudiri U. Babayevning hisoboti;
– “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar ro’yxati va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;

– Jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudi raisi X.Sarmanovning 2021-yilning o‘tgan olti oyi davomida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha axboroti ;

– Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudi raisi Z. Fayziyevning 2021-yilning birinchi yarim yilligi davomidagi faoliyati bo‘yicha axboroti;
– Shaharda 2021-yilda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash Dasturining 2021-yil yarim yillik yakunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori X. Normatovning hisoboti;

– Shahar Kengashi Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining hisoboti;

– Shaharda qonunbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha shahar Prokurori Ch. Maxmudovning axboroti;
– Shahar hududida jinoyatchilikning oldini olish hamda ularning profilaktikasi bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A. Xolmatovning hisoboti;
– Shahar mahalliy budjeti ikkinchi chorak daromadlari rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-5048-sonli qarori ijrosi bo‘yicha shaharda amalga oshiriladigan ishlar haqida;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri O. Xaitovning 2021-yilning o‘tgan yarim yiligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida shaharda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
– Boshqa masalalar.

Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan har bir masala yuzasidan tegishli rahbarlar hisoboti o‘qib eshittirildi va deputatlar o‘rtasida keng muhokamalar asosida, ovoz berish orqali sessiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Yakunda OAV vakillari ishtirokida Shirin shahrida «Obod mahalla» davlat dasturi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan