Saytimizga hush kelibsiz !

“Ta’limda ustoz, uyda pazanda” mavzusida pazandalik ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi

2021-yil 17-iyul kuni Shirin shahar xalq ta’lim bo‘limi ochiq maydonida, Shirin shahar Kasaba uyushmalari rayosati bo’linmasi kengashi tashabbusi bilan Shirin shahar XTB tasarrufidagi tashkilot xodimlari o‘rtasida “Ta’limda ustoz, uyda pazanda” mavzusida pazandalik ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik tanlovning maqsadi yuqori saviyada o‘zbek milliy taomlarini keng targ’ib qilgan holda, ta’tilni mazmunli va maroqli o‘tkazish hamda xodimlarning milliy madaniyatini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra eng mazali taom tayyorlagan Barkamol avlod bolalar maktabi xodimlari 1-o’rinni, XTB xodimlari 2-o‘rinni, 3-maktab xodimlari 3-o‘rinni egallashdi. Tanlov ishtirokchilari qimmatbaho esdalik sovg’alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Shirin shahar xalq ta’limi bo‘limi matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan