Saytimizga hush kelibsiz !

“Obod mahalla” dasturi bo‘yicha Shirin shahri yanada obod qilinmoqda

Ayni kunlarda Shirin shahrida “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha ko‘plab qurilish, obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.
Xususan, dastur bo‘yicha mahallalarda jami 10,3 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘i qurilib, rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda “Obod mahalla” dasturi asosida ehtiyoj mavjud bo‘lgan Do‘stlik mahallasi hududida 2,2 km ichimlik suv quvurlarini rekonstruksiya qilinishi bo‘yicha loyiha-smeta xujjatlari ishlab chiqilgan bo‘lib, qurilish ishlari olib borilmoqda. Hozirda 1 km ichimlik suv quvurlari yangitdan o‘rnatildi.

Shu bilan birgalikda, Mirzo Ulug‘bek hamda Do‘stlik mahallalaridagi ko‘p qavatli uylarda hamda 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’mirlash ishlari, shuningdek tashqi hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan