Saytimizga hush kelibsiz !

Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev Shirin shahrida o‘rganish olib bordi

Bugungi kunda yosh avlodni yetuk qilib tarbiyalashda ma’naviyat va tilning o‘rni beqiyos sanaladi. Negaki, insonning komil bo‘lib yetishishida birinchi navbatda uning ma’naviyat yuksakligi muhimdir. Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatning muhim bo‘g‘ini sifatida ham aynan ma’naviyat va tilga e’tiborni ko‘rishimiz mumkin. Joriy yilning 14-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev Shirin shahriga tashrif buyurib, shaharda davlat tiliga e’tibor, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida turli ijtimoiy obyektlarni ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlar davomida A.Qirg֥‘izboyev Shirin shahrining bu boradagi holati yaxshi ekanligini ta’kidlab, kelgusida hududda ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha o‘zining tegishli tavsiyalarini berib o‘tdi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan