Majburiy ijro byurosi Shirin shahar bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 26.09.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan, Shirin shahrida yashovchi qarzdor M.Sh. dan undiruvchi M.F. ning ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun 26.09.2019 yildan boshlab bolalar voyaga yetgunga qadar har oyda jami daromadining 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 26.09.2019 yilda kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorga majburiyatlari tushuntirilib, aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borilishi to‘g‘risida ogohlantirish berilgan.
Qarzdor M.Sh. sud buyrug‘i talabini bajarmasdan ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi uchun unga nisbatan 26.01.2021 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanganligidan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelganligi oqibatida 15 mln. 204,1 ming so‘m qarzdorlik vujudga kelgan.
Amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor M.Sh. biror-bir joyda foydali mehnat turi bilan shug‘ullanmasdan aliment to‘lovlarini to‘lamay kelayotganligi uchun unga nisbatan 07.05.2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tergov harakatlari natijasi bo‘yicha jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudining hukmi bilan 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Majburiy ijro byurosi
Shirin shahar bo‘limi