Saytimizga hush kelibsiz !

«Obod mahalla» davlat dasturi: Shirin shahrida ko‘p qavatli uylar ta’mirlanmoqda

Ayni kunlarda Shirin shahrida ko‘plab bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, 2021-yil “Obod mahalla” dasturi doirasida Shirin shahrida 35 ta ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash hamda tutash hududlarning obodonlashtirish ishlarini bajarish rejalashtirilgan.
Jumladan, 21 ta uylarning tom qismini joriy ta’mirlash, 6 ta uylarning fasad qismi, 112 ta kirish yo‘laklari, 23 ta ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismini tozalash va ta’mirlash, kirish yo‘laklari oldiga 224 ta o‘rindiqlarni o‘rnatish, 16 ta ko‘p qavatli uylarni elektr ta’minoti tizimini yaxshilash rejalashtirilgan.

Bugungi kunda Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan 2 ta ko‘p qavatli uylarning tom qismi, 5 ta uyning fasad qismi, 6 ta uyning yerto‘la qismi, 3 ta ko‘p qavatli uylarning elektr toki taqsimlash qutilari mukammal ta’mirlangan, 7 ta bolalar maydonchasi, 4 ta “Workout” maydonlari, 1 ta avtoturargoh tashkil etish, 32 ta kirish yo‘laklarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari tutash hududlarni obodonlashtirish, ko‘p qavatli uylarning atrofidagi lotok va ariqlarni tozalash hamda daraxtlarga shakl berish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan