Tashqi yozuvlar, peshlavhalar, axborot-targ‘ibot vositalari davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Shirin shahrida ham bu boradagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.
Chunonchi, shahar hokimligi tomonidan hududdagi eski, shuningdek, kirill alifbosida yozilgan peshlavhalar, targ‘ibot vositalari lotin alifbosida yozilgan yangi peshlavhalarga almashtirildi. Jumladan, shaharning Xalqlar Do‘stligi va Yurtsevar ko‘chalari hamda “Yoshlar xiyoboni”ga 9 ta axborot-targ‘ibot vositalari, bannerlar o‘rnatildi.
Ulug‘bek Xalilov
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish,
davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha
shahar hokimi maslahatchisi