Joriy yilning 7-iyul kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha Shirin shahar maxsus komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda shaharda “COVID-19” infeksiyasining tarqalishini oldini olish, epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlash maqsadida komissiyaning tegishli qaroriga muvofiq bir qator cheklovlar joriy qilindi. Xususan:
– Shahar hududida o‘tkazilishi rejalashitirilgan ochiq maydonlar va yopiq majmualarda bo‘lishidan qat’i nazar barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, sport musobaqalari, shuningdek, konsert, festival, teatr va kino dasturlari vaqtincha to‘xtatiladi (bunda faqat sport turlari bo‘yicha musobaqalar tomoshabinlarsiz o‘tkazilishiga ruxsat beriladi);
– Masjidlarda diniy ibodatlar ochiq havodagi maydonlarda (ochiq ayvonlar, masjid hovlisi, masjidga tutash ko‘chalar) tibbiy niqobda bo‘lish va oraliq masofani saqlagan holda tashkil etiladi;
– To‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, maraka va marosimlarni o‘tkazish 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkaziladi;
Ayni kunlarda Shirin shahrida amaldagi karantin qoidalari yuzasidan reyd tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda, karantin talablariga rioya qilmagan yuridik hamda jismoniy shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilmoqda.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati