Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahri – kecha va bugun… (Shirin energetika kollejiga press-tur)

Shirin shahrida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli bunyodkorlik ishlarini o’zida aks ettirib boruvchi «Kecha va bugun» loyihasi tashkil etilgan edi. Loyihaning bugungi sonida Shirin energetika kolleji haqida to’xtalib o’tamiz. Bu galgi loyihada shahar hokimi hamda OAV vakillari bilan press-tur tarzda fotolavhalar olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1999-yil 15-noyabrdagi № 245 sonli buyrug‘i asosida Shirin energetika texnikumi Shirin energetika kasb-hunar kollejiga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining 2004-yil 6-fevraldagi № 34-buyrug‘iga asosan, Shirin energetika kasb-hunar kolleji va Shirin maishiy xizmat kasb-hunar kolleji birlashtirilib, Shirin energetika va maishiy xizmat kasb-hunar kolleji maqomi berilgan.

Kollej hududi 9.4 gektarni tashkil etadi.Kollej 1260 o‘quvchiga mo‘ljallangan zamonaviy tipdagi 4 qavatli 2 ta binoga ega. Shuningdek, 260 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quvchilar turar joyi, 160 o‘rinli oshxonaga ega. Har biri 155 o‘rinli 2 ta majlislar zali, 32 676 dona kitob fondiga ega bo‘lgan kitobxona, 60 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv zali hamda 2 ta sport zallari mavjud. 

Hozirgi vaqtda “Bug‘-gaz qurilmalari operatori”, “Bug‘-gaz qurilmalari markaziy boshqaruvi operatori”, “Fotoelektrik stansiyalar yurgizish boshqaruvidagi ma’lumotlarni yig‘ish operatori”, “Fotoelektrostantsiya elektrotexnigi” kasblarini kollejda tayyorlash uchun Saudiya Arabistonining “ACWA POWER” kompaniyasi tomonidan 27,4 mlrd. so‘m mablag‘ ajratib, qayta rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun kollejning asosiy o‘quv binosi, sport zali, faollar zali, amaliyot ustaxonasi, tashqi sport maydonlari, kurash zallari, tashqi kiyinish xonasi, tashqi hojatxona va o‘quvchilar turar joylari to‘liq rekonstruksiya qilindi.

2-o‘quv binosi, faollar zali, sportzal, oshxona va 2-amaliyot ustaxona binolari fasad qismlari to‘liq ta’mirlandi.
Hozirgi kunda Shirin energetika kollejida talabalarning ta’lim olishlari uchun barcha zamonaviy sharoitlar mavjud.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan