O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish, bu borada qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, xususan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu barobaridagi vazifalar Shirin shahrida ham izchil olib borilmoqda. Joriy yilning 7-iyul kuni Shirin shahar sanitariya-epidemiologik va jamoat salomatligi bo‘limida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son, “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmonlari, 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi, mazkur hujjatlarda o‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan asosiy vazifalar to‘g‘risida atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 10 fevralda qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “Yo‘l xaritasi”dagi vazifalar ijrosi haqida aytib o‘tildi. Tashkilotda hujjatlar lotin alifbosida yuritilishi, shuningdek, turli peshlavhalar, axborot-ishora matnlari ham davlat tilida hamda lotin alifbosida yozilishi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Ulug‘bek Xalilov
Shirin shahar hokimi maslahatchisi