Davlatimiz tomonidan “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim yaratilgan va bunda har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralar belgilab berilgan. Joriy yilning 6-iyul kuni Shirin shahrida “Ayollar daftari”ga kiritilgan uch nafar xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan zamonaviy tikuv mashinkalari topshirildi.
Do‘stlik, Mirzo Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ushbu xotin-qizlar ishsizlik bo‘yicha “Ayollar daftari”ga kiritilgan edi. Endilikda ular o‘zlarining tikuvchilik faoliyatlarini bemalol yo‘lga qo‘yishlari mumkin.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati