Xalqimizda azaldan keksalarga e’zoz, hurmat va e’tibor qaratilib kelish fazilati bor, bu jihat o‘zbek xalqining qadriyatiga aylangan. Keksalar holidan xabar olish ularga ko’taringki kayfiyat bag‘ishlash ulkan hayrli ishlardan sanaladi.
Bugun 1-iyul kuni Shirin shahar yoshlari tomonidan ana shunday savobli ishga qo‘l urildi. Xususan, ayni kunlarda Yoshlar ishlari agentligi Shirin shahar bo‘limi tomonidan yolg‘iz yashovchi keksalarga har jihatdan ko‘mak berish maqsadida ularning holidan xabar olinib, nuroniylarga ko‘taringki kayfiyat ulashilmoqda.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati