Saytimizga hush kelibsiz !

Majburiy ijro byurosi Shirin shahar bo‘limi tomonidan bank foydasiga 161 million so’mdan ortiq mablag‘ undirib berildi

Majburiy ijro byurosining Shirin shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudi tomonidan da’vogar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi “Mikrokreditbank” ATB Sirdaryo viloyat Boyovut filiali manfaatida javobgar “Sh.I” (qisqartirilgan) ko‘p tarmoqli xususiy firmasidan 161,1 mln. so‘m kredit qarzdorligini undirish yuzasidan ijro hujjati kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.
Bundan tashqari, qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan.
Amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor “Sh.I” ko‘p tarmoqli xususiy firmasidan undiruvchi “Mikrokreditbank” ATB Sirdaryo viloyat Boyovut filiali foydasiga 161,1 mln. so‘m kredit qarzdorligi to‘liq undirib berilishi ta’minlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Byuroning Shirin shahar bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida banklar hamda tadbirkorlik sub’ektlari foydasi jami 1,6 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorliklar undirib berilishi ta’minlangan.

Majburiy ijro byurosi
Shirin shahar bo‘limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan