Ayni kunlarda koronavirus infektsiyasi tarqalishi tobora avj olmoqda. Shu munosabat bilan, joylarda karantin cheklovlari yana joriy qilinib, nazorat kuchaytirilyapti. Shirin shahrida koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish hamda karantin talablarini kuchaytirish maqsadida bugun 30 iyun kuni shahar hokimi S. Sultonov boshchiligida tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida SEOJS bo‘limi boshlig‘i H. Xolmurodov bugungi kunda Shirin shahrida epidemiologik vaziyat hamda infektsiya tarqalishini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.
Yig‘ilish davomida kasallik tarqalishini oldini olish borasida nazorat va profilaktik tadbirlar ko‘lami kengaytirilishi bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, amalga oshiriladigan zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.
Shirin shahar hokimligi Aborot xizmati