Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida aholini sog’lomlashtirish maqsadida alohida piyodalar hamda veloyo’lak qurilmoqda

Davlatimiz tomonidan har yili hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan ko’plab dasturlar qabul qilinadi. Mazkur dasturlar asosida mablag’lar ajratilib, ayniqsa qurilish va bunyodkorlik ishlari jadal olib boriladi. Shirin shahrida ham bugun ko’plab qurilish va bunyodkorlik ishlari ketmoqda.

Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati
Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati
Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Xususan, investitsiya dasturiga muvofiq, shahar markaziga kiraverishda Mirzo Ulug’bek mahalla hududida uzunligi 5,4 km bo’lgan piyodalar yo’lagi hamda veloyo’lak qurilmoqda. Shaharning arxitektura qiyofasini yaxshilash maqsadida qurilayotgan piyodalar hamda veloyo’laklar joriy yilning sentyabr oyiga qadar to’liq yakunlanishi belgilangan. Ma’lumot uchun, shahar sektor rahbarlarining fuqarolar bilan o’tkazgan ko’plab uchrashuvlarida veloyo’lak qurish bo’yicha murojaatlar bildirilgan edi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan