Saytimizga hush kelibsiz !
Mahalla – ahillik va birdamlik maskani! – Shirin shahar hokimligi
Saytimizga hush kelibsiz !

Mahalla – ahillik va birdamlik maskani!

Shirin shahrida Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda iftorlik dasturxoni yozilib, mahalla tizimi xodimlari, nuroniylar, uyboshilar, ko‘chaboshilar hamda faollar jam bo‘lishdi.

Shahar hokimi Niyoz Xazratkulov yig‘ilganlarni Navro‘z va kasb bayrami bilan tabriklab, mahalla tizimining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Bayramning badiiy qismida madaniyat xodimlari kuy-qo‘shiqlari bilan bayramona kayfiyat ulashdi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga bayram sovg‘alari topshirildi.

Bu kabi tadbirlar mahalla xodimlari va faollarga yangi kuch bag‘ishlab, ularni yanada fidokorona ishlashga undaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan