Saytimizga hush kelibsiz !
Farhod mahallasida fuqarolar va o‘quvchilar uchun huquqiy tadbir – Shirin shahar hokimligi
Saytimizga hush kelibsiz !

Farhod mahallasida fuqarolar va o‘quvchilar uchun huquqiy tadbir

2025-yil 13-mart kuni Shirin shahrining Farhod mahallasida joylashgan 2-umumta’lim maktabida mahalla fuqarolari, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirokida «Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar, kiberjinoyatchilik va ularga qarshi kurashishning usullari» hamda «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida navbatdagi huquqiy profilaktik tadbir tashkil etildi.

Bugungi kunda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, o‘sib kelayotgan avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda yoshlarni terrorizm, radikalizm va kiberjinoyatchilik kabi salbiy illatlardan asrash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan tadbir davomida xalqaro terrorizm va ekstremizm, har xil diniy aqidalar va ularga qarshi kurash, vatanparvarlik, bilim olishning foydali jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib bordilar, ularga batafsil tushuntirishlar berildi. Uchrashuvda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, loqaydlik va beparvolikka berilmaslik masalalarida ham targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbirda Shirin shahar IIB boshlig‘ining o‘rinbosari M. Buriev, Shirin shahar IIB TQX terrorizmga qarshi kurash guruhi katta tezkor vakili F.I. Isoqulov, Shirin shahar 2-maktab direktori hamda Farhod MFY fuqarolari ishtirok etdilar.

Uchrashuv yuqori saviyada tashkil etilib, fuqarolar va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga, ularning turli xavflarga qarshi ogohligini mustahkamlashga xizmat qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan