Ayni kunlarda viloyatimiz bo‘ylab “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida, Huquq tartibot va mudofaa organlari tomonidan 239 ta mahallada istiqomat qiluvchi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Sektor rahbarlari kubogi” uchun tanlov va musobaqalarining tuman-shahar bosqichlari o‘tkazilmoqda.
Bugun, 18-sentabr kuni Shirin energetika kolleji sport maydonchalarida ham ushbu musobaqaning Shirin shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 6 ta mahalla yoshlaridan iborat jamoalar bellashdi. Yakuniy natijalarga ko’ra Amir Temur mahallasi jamoasi 1-o‘rinni egallab, musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.