Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida kibersport bo‘yicha “Sektor rahbarlari kubogi” bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, viloyatimiz bo‘ylab “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida, Huquq tartibot va mudofaa organlari tomonidan 239 ta mahallada istiqomat qiluvchi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Sektor rahbarlari kubogi” uchun tanlov va musobaqalarining tuman-shahar bosqichlari o‘tkazilmoqda.

bugun, 19-sentabr kuni Shirin shahrida “Sektor rahbarlari kubogi” doirasida Kibersport musobaqasi tashkil qilindi.

Ushbu musobaqada 40 ga yaqin yoshlar ishtirok etib, kibersportning “CS2GO” turi bo‘yicha bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Do‘stlik” mahallasi yoshlari g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichiga yo‘l olishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan