Shirin shahar hokimi Niyoz Xazratkulov boshchiligida «Mirzo Ulug‘bek» mahalla fuqarolar yig‘ini binosida sayyor qabul bo’lib o’tdi. Unda shahar Xalq qabulxonasi, Ichki ishlar bo‘limi hamda korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolari ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan doimiy ishga joylashtirish, suv ta’minoti masalasi, moddiy yordam berish va boshqa masalalarda murojaat qilindi. Ushbu murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etilib, muddat talab etganlari yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi va ijrosi shahar hokimining nazoratiga olindi.