Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar Mirzo Ulug‘bek mahallasi hokim yordamchisi faoliyatiga nazar

Shirin shahar Mirzo Ulug‘bek mahallasi hokim yordamchisi Otabek Usmonaliyev tomonidan 2024-yilning 6 oyi yakuni bo‘yicha amalga oshirgan ishlar yuzasidan hisoboti

Shirin shahar Mirzo Ulug‘bek mahallasining ixtisoslashgan drayver yo‘nalishlari xizmat ko‘rsatish, savdo va sanoat ishlab chiqarish bo‘lib, mahallada aholini xatlovdan o‘tkazdirish jarayonida, yil boshidan 144 nafar ishsiz ro‘yxatga olingan, ulardan 39 nafari yoshlar, 49 nafar xotin-qizlar va 56 nafari boshqa toifa fuqarolarni tashkil etadi.

Shu kunga qadar jami 144 nafar ishsizlardan 129 nafari ishga joylashtirildi. Jumladan 37 nafari doimiy ishga, kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirish orqali 14 nafar va 78 nafari o‘zini o‘zi band qilish orqali bandligi ta’minlandi.

Tadbirkorlikni, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tashabbuskorlarga kredit va subsidiyalar ajratish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarning tegishli davlat organlar va tashkilotlar tomonidan hal etilishni taʼminlash yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

Mahallada jami tadbirkorlik subyektlari soni  101 ta bo‘lib, 2024 yil 6 oy davomida 18 ta xo‘jalik subyekti shundan, MCHJ shaklida 7 va yakka tartibdagi  tadbirkor shaklida 11 ta subyektlari tashkil etilgan. Joriy yilning 6 oyi davomida 47 ta jismoniy va yuridik  subyektlariga jami 824,0 mln so‘m kreditlar ajratildi. 4 nafar fuqaroga subsidiya ajratildi.

Ishsizlikni oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rish, aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, ularni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish yoki mustaqil faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

Mahallada ishsizlikni oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rish bo‘yicha 1 nafar yoshlar daftariga kiritilgan fuqaroga subsidiya asosida kompyuter va video xizmatlari uchun subsidiya asosida jihozlar olib berildi. 9 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi(shundan, 5 nafari ayollar).

Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga reintegratsiya yordami ko‘rsatishni va ularning rasmiy bandligi ta’minlanish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

Mahallada xorijda yurgan fuqarolar soni 177 nafar bo‘lib, bugungi kunda 14 nafar mehnat migratsiyadan qaytib kelgan. Migratsiyadan qaytgan fuqarolardan 8 tasi bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi.

O‘zini o‘zi band qilgan xolda tashabbuskor fuqarolarning tadbirkorlikka qiziqishlarini aniqlash, ularni kichik biznes subyektiga aylantirish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

Mahallada 135 ta turli yo‘nalishlarda o‘zini o‘zi band qilgan bo‘lib 2024 yil 6 oy davomida 64 nafar fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilishi ta’minlandi. Ular orasidan tadbirkorlik bilin shug‘ullanayotgan 7 nafari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, kichik biznes subyektiga aylantirildi. Shuningdek, ularga jami 285.0 mln so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Kambag‘al oilalarning har biri uchun “individual dastur” ishlab chiqish va ularning daromadini oshirish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

Mahallada “Individual dastur” doirasida 113 ta xonadonlarga dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning barchasiga “Yo‘l xarita” ishlab chiqilgan.

Shirin shahar Mirzo Ulug‘bek

mahallasi hokim yordamchisi

O.Usmonaliyev

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan