Shirin shahridagi Yoshlar markazida «Yosh kitobxon oila» tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda tanlovning quyi, yaʼni tuman (shahar) bosqichlarida birinchilikni qo‘lga kiritgan 11 ta oila ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Javohir Tursunov va Mohinur Ismoilxo‘jayeva oilasi (Oqoltin tumani), 2-o‘rinni Donyor Boboyev va Yulduz Boboyeva oilasi (Sirdaryo tumani), 3-o‘rinni Ortiqboy Samandarov va Nigina Samandarova oilasi (Boyovut tumani) egalladi.
Maʼlumot uchun, mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirib 846 ta oila beshtashabbus.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan.