Saytimizga hush kelibsiz !

11-oktabr — “Xalqaro qizlar kuni”

Mamlakatimizda qizlarimizning har tomonlama yetuk va barkamol shaxs sifatida kamol topishlari uchun barcha shart-sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar yaratilgan bo‘lib, ulardan unumli foydalanish har bir qizning xohish va istagiga, intiluvchanligiga bog‘liq. 11-oktabr — “Xalqaro qizlar kuni” BMT Bosh assambleyasi belgilagan ushbu sana qizlarga nisbatan har qanday kamsitilish holatlarini oldini olish, ularning ijtimoiy muammolariga butun dunyoning eʼtiborini qaratishga xizmat qilib kelmoqda.  

Jumladan, Shirin shahrida ham ushbu kunni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida o‘quvchi-qizlar ishtirokida «O‘zbegim qizlari» nomli bellashuv o‘tkazildi. Unda shahardagi har bir maktabdan 2 nafardan iqtidorli, iste’dodli qizlar ishtirok etdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Abduqayumova Shoira Baxodir qizi, 2-o‘rinni 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Imonqulova Munisa Qaxramon qizi, 3-o‘rinni 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Abdug’afforova Odina Muzaffar qizi qo‘lga kiritdi.

G‘olib va ishtirokchilar shahar hokimligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan