Saytimizga hush kelibsiz !

Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan fuqaro sud qarori asosida ishga tiklandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 2024-yil 13-sentabrdagi daʼvogar U.N.ni Shirin shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabiga “Uslubchi” vazifasiga ishga tiklash haqidagi ijro hujjati Byuroning Shirin shahar bo‘limi ish yurituviga 2024-yil 16-sentyabrda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Byuroning Shirin shahar bo‘limi xabariga ko‘ra, Davlat ijrochisi tomonidan mazkur ijro ishining ijrosi yuzasidan javobgar masʼullariga majburiyat yuklanganligi natijasida, 2024-yil 18-sentabrda Shirin shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi rahbariyatining tegishli buyrug‘i qabul qilingan hamda fuqaro U.N. ijro hujjatida ko‘rsatilgan vazifaga ishga tiklangan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan