Saytimizga hush kelibsiz !

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 17-iyul kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida soliq organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini so‘zsiz taʼminlash bo‘yicha Shirin shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari D.Inatovaning shahrimiz aholisi va tadbirkorlariga murojaati

Joriy yilning 17-iyul kuni Prezidentimiz raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash bo‘yicha I yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidan men bevosita soliq inspeksiyasi boshlig‘i va 4-sektor rahbari sifatida o‘zimga jiddiy xulosalarni qilib oldim.

Sektor rahbari sifatida shu yilning o‘zida mahallani obod qilish, infratuzilmani yaxshilash uchun byudjetdan Amir Temur mahallasiga ochiq tashabbusli byudjetdan qo‘shimcha yana 700,0 mln so‘m berilishi oldimizga qo‘yilgan vazifalarni ijro etish, xalqimizning islohotlarga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

Jumladan Shirin shahar 4-sektoriga biriktirilgan hududda 2 ta ijtimoiy obyektlar mukammal taʼmirdan chiqarildi, 0,1 km ichki yo‘llar taʼmirlandi.

Shuningdek, byudjetga tushumlarni taʼminlash, korxonalar va tadbirkorlarga ko‘mak berib, daromadini oshirish orqali soliq tushumini ko‘paytirish, eng muhimi tadbirkorlarga ortiqcha to‘lov qildirishning jazosi qattiq bo‘lishida o‘zimning shaxsiy masʼuliyatimni his qilib turibman.

Muhokama qilingan masalalar va belgilangan vazifalardan kelib chiqib, jamoamiz bilan quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlarni oldimizga vazifa qilib oldik:

birinchidan, II yarim yillikda byudjetga jami 2700.0 mln.so‘m (2400,0 mln.so‘mi prognoz va 300,0 mln.so‘m qo‘shimcha daromad) tushumlarni taʼminlash;

Bunda 2025,0 mln.so‘mi (75 foiz) joriy hisoblanadigan soliqlar, 270,0 mln.so‘mi (10 foiz) qo‘shimcha manba hisobidan, 405,0 mln.so‘mi (15 foiz) soliq qarzdorligini undirish hisobidan tushirilishi hisob-kitob qilindi.

ikkinchidan, III chorakda tushumlarni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 foiz o‘sishiga erishish;

uchinchidan, tadbirkorlik subyektlaridan ortiqcha to‘lov talab qilishga umuman yo‘l qo‘ymaslik;

to‘rtinchidan,“mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimi orqali qiynalgan tadbirkorlarga ko‘maklashish, xatoliklarini ixtiyoriy to‘g‘irlash imkoniyatini berish, muammolarini hal etish orqali ularning tovar aylanmalarini kamida 30-50 foizga oshirish hisobiga soliq bazasini kengaytirish;

beshinchidan, mahalliy hokimiyat, prokuratura va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda yashirin iqtisodiyotni jilovlash, ish o‘rinlari va ish haqi fondini legallashtirish orqali 0,6 mln.so‘mlik tushumlarni taʼminlash;

oltinchidan, tadbirkorlar va soliq idoralari o‘rtasida ishonchni shakllantirish hamda korrupsiya holatlariga umuman yo‘l qo‘ymaslik;

yettinchidan, yangi tashkil qilingan tadbirkorlarga imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko‘rsatkichi bilan bir yilga berilishi, natijasiga qarab muddati uzaytirilishi yoki bekor qilinishini tushuntirish;

sakkizinchidan, sektorimizda Sayxunobod tajribasini izchil davom ettirish;

Bunda, ikkinchi yarim yillikda mahalladagi 13 ta ishsiz aholining bandligini taʼminlash, 134 ta o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni, 5 ta yangi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish, 8 ta tadbirkorlarga biznesini kengaytirishga ko‘maklashiladi va sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida drayver loyihalarni amalga oshirish choralari ko‘riladi.

Ushbu vazifalarni to‘liq ijro etilishi bo‘yicha o‘zim va barcha xodimlarim bilan butun salohiyatimizni ishga solgan holda, faqat natija bilan sizlarning ishonchingizni oqlaymiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan