O‘zbekistonda 1989 yildan beri aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Dastlab ushbu tadbir 2019-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, respublikamizda aholini roʻyxatga olish tadbirini 2022-yilda oʻtkazish belgilangan edi. 2020-yil 16-martda “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Pandemiya sababli u 2022 yildan 2023 yil noyabriga ko‘chirildi, ammo tadbir uchun hali mablag‘ ajratilmagan edi. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-sonli qarori qabul qilindi.
ro‘yxatga olish jarayonlarni tashkil etish chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning yuqori darajada amalga oshirishni ta’minlash sohasida ;
ro‘yxatga olish hujjatlari shakllarini, ro‘yxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
ro‘yxatga olish dasturlarini va ro‘yxatga olish varaqalari shakllarini ishlab chiqadi va ularning hududlarga yetkazilishini ta’minlaydi;
ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida aholini xabardor qilishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;
ro‘yxatga olishga jalb etiladigan xodimlarni tanlab olish va o‘qitish tartibini belgilaydi va o‘qitishni tashkil etadi;
ro‘yxatga olish natijalari milliy va xorijiy foydalanuvchilarning keng ommasi uchun e’lon qilinishini ta’minlaydi;
ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarining saqlanishi (shu jumladan, vaqtincha saqlanishi), yo‘q qilinishi tartibini belgilaydi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Prezidentining 2024 yil 4 martdagi qaroriga ko‘ra, Statistika agentligi joriy yilda aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlikni davom ettirishi kerak. Jumladan, boshqarmaga 2021 yilda o‘tkazilgan sinov-nazorat ro‘yxati natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalarini inobatga olgan holda aholini ro‘yxatga olishni targ‘ib qilish, sohani takomillashtirish maqsadida videorolik, banner va bukletlar ishlab chiqish topshirildi
Statistika agentligining 2024-2025 yillarda erishishi lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari).
2026-2027 yillarda aholini ro‘yxatga olish natijalarini ishlab chiqish va nashr etish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Statistika agentligining joriy yil 1 yanvardagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 36 million 799 ming 756 nafarni tashkil etadi. 2023 yilning mos davriga nisbatan o‘tgan yilning o‘sish sur’ati qariyb 2,2 foizni tashkil etdi.
Shirin shahar statistika bo‘limi
yetakchi mutaxassisi N.Mavlyanova