Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoniga ijrosi yuzasidan shahar hokimi birinchi o‘rinbosari I.Maxmudov hisoboti.
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 3-dekabr kunidagi PQ-31-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahridagi Xalq qabulxonasi mudirining mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tahliliga asosan hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi to‘g‘risidagi axboroti yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i I.Kuziboyevning hisoboti.
– 2024-yil davomida byudjet parametrlarining bajarilish yuzasidan Shirin shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i U.Babayevning hisoboti.
-“O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 13-21-maqsadlar hamda aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yana-da yaqinlashtirish, irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish, Onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni taʼminlash va boshqa kasalliklarni oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Shirin shahar Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori B.Mamadvaliyevning hisoboti.
– “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati shahar filiali shahar aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash borasida duch kelinayotgan muammolar va ularni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora tadbirlar yuzasidan shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbari D.Oqbo‘tayevning hisoboti .
-“O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 61- maqsadda hamda aholini ichimlik va oqava suv bilan taʼminlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida “Shirin suv taʼminoti” MCHJ shahar bo‘limi rahbari U. Raimjonov hisoboti.
-Xitoy tajribasiga tayangan holda sanoat, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, taʼlim va tibbiyot yo‘nalishlarida yangi 5 ta tashabbusni joriy qilish orqali viloyatni “Ilg‘or innovatsiyalar hududi”ga aylantirish bo‘yicha shaharda qilinayotgan ishlar to‘g‘risida, shahar hokimining o‘rinbosari investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i F. Tursunboyevning hisoboti.
– boshqa masalalar.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitilib, deputatlarning qizg‘in muhokamalaridan so‘ng tegishli qarorlar qabul qilindi.