Shirin shahar hokimligida «Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaror mazmun-mohiyatini davlat fuqarolik xizmatchilariga yetkazish maqsadida o’quv-seminar tashkil etildi.
Muloqotda davlat fuqarolik xizmatchilari xulq-atvorining umumiy qoidalari, kasbiy madaniyatga oid odob-axloq qoidalari, xizmatni o’tash balki undan tashqari vaqtdagi odob-axloq qoidalari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari atroflicha tushuntirildi. Faoliyatni ushbu qoidalar asosida tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Yakunda hokim va hokim o’rinbosarlarining mavzu yuzasidan olgan bilimlari maxsus test dasturi orqali sinovdan o’tkazildi.