«Tashabbusli budjet» loyihasi asosida Bunyodkor mahallasida yangidan qurilgan «Aholi dam olish maskani”ning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, ushbu bino «Tashabbusli byudjet» loyihasining 2024-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilib, 360 mln so‘m evaziga barpo etildi. Bu yerda mahalla aholisining hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit mavjud. Qolaversa, qo‘shimcha ish o‘rinlari ham yaratilgan. Xotin-qizlarga tikuvchilik sir-asrorlari o‘rgatilmoqda. Shuningdek, maskandan yangi kutubxona ham joy olgan.