Shirin shahar Yoshlar markazida bugun, 6-iyul kuni «Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi» kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi hamda ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari, oylik doirasida tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolari jurnalist, bloger hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishda dastlab oylikni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad haqida maʼlumot berildi.
Tadbirda so‘z olgan soha vakillari fuqarolarda Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish, elektron to‘lov vositalaridan xavfsiz foydalanish, shaxsga doir maʼlumotlarni ishonchli himoya qilish va ulardan noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, tovlamachilik, kiberzo‘ravonlik kabi qilmishlar sodir etishning oldini olish, taqiqlangan kontentlarga qarshi raqamli immunitetni shakllantirish kabi yo‘nalishlarda yig‘ilish qatnashchilariga maʼlumot berdilar.
Soha vakillari “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targ‘ibot tadbirlari to‘g‘risida maʼlumot berish bilan birga, yig‘ilish qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga ham atroflicha javob berdilar.