Xalqimiz yildan yilga tomorqa qoʼshimcha daromad manbai ekanini yaxshi anglab yetmoqda. Mahalla hududini obod qilish va aholi tomorqalaridan unumli foydalanish borasida Shirin shahrining aholi tomorqalari mavjud Mirzo Ulug‘bek, Nurobod va Farhod mahallalari bilan bir qatorda shahardagi ko‘p qavatli uylar atrofidagi bo‘sh yerlardan unumli foydalanish, har bir qarich yerni bo‘sh qo‘ymaslik bir so‘z bilan aytganda yerni uvol qilmaslik maqsadida sabzavot va poliz ekinlari ekilib, bog‘lar tashkil etilmoqda.
Bizning bugungi qahramonimiz Bunyodkor mahallasi 3 uyda yashovchi Irbutaev Tursunboy ota ham yerga mehr berib, shahrimiz aholisiga o‘rnak bo‘lib kelayotgan faol nuroniylarimizdan biridir.
«Man shunday oliyjanob, serquyosh O‘zbekistonda yashaganimdan g‘ururlanaman» – deydi, shahrimiz faol nuroniysi T.Irbutayev.