O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Shirin shahar prokurori Rustam Mamirov hamda shahar IIB boshlig‘i Bekzot Sanayevlarga biriktirilgan yoshlar uchun shahar Yoshlar markazida «Vatan ostonasi» badiiy filmi namoyish etilib, sportning shaxmat, shashka musobaqasi o‘tkazildi. Shuningdek, yoshlar shahar axborot kutubxonasida mavjud kitoblar bilan tanishtirilib, ularga bir qancha qiziqarli kitoblar tavsiya qilindi. Shundan so‘ng, yoshlarni harbiy xizmatga qiziqishlarini oshirish hamda xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar va harbiy qurol-aslaha, texnikalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida shahrimiz hududidagi harbiy qismlarga ekskursiya tashkil etildi.