Bugun, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Shirin shahrida ham bayram shodiyonalari bo‘lib o‘tdi. Yoshlar markazida tashkil etilgan tadbir davomida turli ko‘rgazmalar, quvnoq o‘yinlar, konsert-tomoshalar va boshqa qator ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazildi.
Bayram tadbirida shahar hokimining o’rinbosari Farruh Alimov ishtirok etib, barcha bolalarni bayram bilan tabrikladi.
Bayramona bezatilgan maydon jajji kichkintoylarning o‘yin-kulgulariga to‘ldi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda 3-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi tomonidan tayyorlangan badiiy dasturlar, baxtli bolalikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar va quvnoq raqslar nafaqat bolalar, balki barcha ishtirokchilar qalbiga ham ulkan quvonch bag‘ishladi.