Mudofaa vazirligi psixologik yordam ko‘rsatish «Call-center» bo‘linmasi hamda Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi hamkorligida shahrimizdagi harbiy qismda sayyor psixologik qabul va shaxsiy tarkib bilan oila psixologiyasi mavzularida davra suhbati tashkil qilindi.
Unda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni yaqinda boshlagan askarlar ishtirok etdi.
Uchrashuvlarda harbiy xizmat va oiladagi o‘zaro munosabatlar holati, bolalar psixologiyasi va ruhiy salomatlikni himoya qilish, oiladagi o‘zaro munosabatlar holatini barqarorlashtirish, hissiy zo‘riqish va stressli holatlarni oldini olish va insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish mavzularida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.