Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrining iqtisodiy ko‘rsatkichlari

(2024-yilning Yanvar-mart oylari)

Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sohalar kesimida tahlil qilinganda,

✅2024-yilning yanvar-mart oylarida Shirin shahrining sanoat korxonalari tomonidan 2554,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi

106,1 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati elektr energiyasi ishlab chiqarish uzatish va tarqatish hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 92.2 % ni tashkil etdi.

✅2024-yilning yanvar-mart oylarida, Shirin shahrida jami 28,3 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish surʼati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,6% ni tashkil etdi.

✅2024-yilning yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi

22,7 milliard so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 115,2 % ni tashkil etdi.

✅2024-yilning yanvar-mart oylarida Shirin shahrining tashqi savdo aylanmasi 562,7 ming AQSH dollariga yetdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,7 % ni tashkil etadi.

✅2024-yilning yanvar-mart oylarida Shirin shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 15,0 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ga yetdi.

Hurmatli tadbirkorlar!

Davlat statistika hisobotlarini Estat.4 elektron platformasi orqali o‘z vaqtida yuborishni unutmang.

D.Shokirova
Shirin shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan