Tursunboyev Farxod Maxmudjonovich – Shirin shahar hokimining oʻrinbosari – investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
F.Tursunboyev, 1991-yilda Tojikiston Respublikasi, Sug‘d viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2015-yilda Rossiya xalqaro turizm akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi menejment.
Farxod Maxmudjonovich mehnat faoliyati davomida 2018-2021-yillar Yangiyer shahar Investitsiya boʻlimi bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi lavozimlarida hamda 2021-2024-yillar Rossiya Federatsiyasida bir qancha korxonalarda faoliyat yuritgan. Mazkur tayinlovga qadar tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanib kelayotgan edi.