· Qarorning maqsadlari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida quyidagi hujjatlar tasdiqlangan:
1-ilovaga muvofiq:
Ø O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Faoliyatining yo‘nalishlari
2-ilovaga muvofiq:
Ø O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligini tashkiliy tuzilmasi
3-ilovaga muvofiq:
Ø O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi to‘g‘risidagi nizom
4-ilovaga muvofiq:
Ø Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”
5-ilovaga muvofiq:
Ø O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-2025 yillarda erishishi lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari)
6 va 7-ilovaga muvofiq.
Ø O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Statistika kengashi tarkibi va uning nizomi