Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, tuman Kengashi deputatlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Akmaljon Maxmudaliyev tuman hokimi lavozimiga ayni kunga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Sultonov Sarvar To‘lqinbek o‘g‘li nomzodini tavsiya etdi.
Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Sarvar Sultonov Mirzaobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Sessiya davomida, shuningdek, tumanda iqtisodiyot, tadbirkorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish borasidagi ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Sarvarbek Toʻlqinbek oʻgʻliga kelgusidagi ishlarida omadlar, yanada yuqori marralar tilab qolamiz.