Byuro organlari tomonidan sud qaroriga asosan aliment to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq sud hujjatlari ijrosi taʼminlanib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Byuroning Shirin shahar bo‘limi ish yurituviga joriy yil o‘tgan davr davomida aliment undiruvi bilan bog‘liq jami 258 ta ijro hujjatlari kelib tushgan bo‘lib, mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvchilar foydasiga jami 1 mlrd. 836,4 mln. so‘m aliment pullari undirib berilishi taʼminlangan.
Shuningdek, bo‘lim tomonidan undiruvchi va qarzdorlar bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida jami 39 nafar oilalar o‘zaro yarashtirilgan hamda 2 ta ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlar tomonidan farzandlarining moddiy taʼminoti uchun uy-joy taqdim etilishi natijasida ijro hujjatlari tamomlangan.
Shu bilan birga aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan 7 nafar qarzdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 474-moddasiga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan va sud tomonidan qarzdorga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.