Shahrimiz hamda Boyovut tumani hududida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan, umumiy quvvati 1500 MVt boʻlgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi 27-oktyabr soat 10:45 da Oʻzbekistonning yagona elektr tarmogʻiga ulandi. Hozirgi vaqtda stansiya 120 MVt quvvatni tarmoqqa uzatmoqda.
Joriy yil yakuniga qadar stansiyaning quvvati bosqichma-bosqich 1000 MVtga, 2024-yilning birinchi choragida to‘liq 1500 MVt quvvatga chiqariladi.