Yurtimizda kuz-qish mavsumiga hozirlik ko‘rilmoqda. Ijtimoiy soha obyektlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarini mavsumga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun, shahar sektor rahbarlari tegishli mas’ullar bilan birgalikda shahrimizdagi ijtimoiy soha obyektlarida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan tanishdi.
O‘rganishlar davomida tashkilot va muassasalarning obodonlashtirish holati, isitish tizimlari yaroqlilik darajasi, ko‘mir zaxiralari yaratilganlik ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatma va takliflar berildi.
Shahar hokimi tomonidan mas’ullarga mavsumni munosib o‘tkazish, shahrimiz aholisi, o‘quvchi va o‘qituvchilar, shifoxonamizdagi bemorlar hamda davolanyotganlarning sovuq kunlarida aziyat chekmasligi uchun nafaqat ijro hokimiyati, balki kelajak avlod taqdiriga mas’ul barcha idora va tashkilotlar birdek, zimmasidagi mas’uliyatni o‘z vaqtida ado etishi lozimligi ta’kidlandi.