Shirin shahar IIB xodimlari tomonidan joriy yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarni mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlashdan, shuningdek jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va barvaqt oldini olish, jamoat hamda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi:
2023-yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha shaharning Vatanparvar va Do‘stlik mahallalarida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Shirin shahar Bunyodkor, A.Temur, M.Ulug‘bek va Farhod mahallalarida oldi olinishi mumkin bo‘lgan o‘g‘irlik, bezorilik, maishiy zo‘ravonlik, qasddan badanga yengil shikast yetkazish shu bilan birga firibgarlik jinoyatlari soni soni o‘tgan yilga nisbatan oshgan bo‘lmasada, ushbu mahallalarda jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirdi.
Jumladan, shahar hududida Shirin shahar IIBning sohaviy xizmatlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan aholisi orasida bir qator manzilli profilaktik ogohlantiruv tadbirlari olib borilishi natijasida 2023-yilning o‘tgan 9 oyi yakuni bo‘yicha qasddan odam o‘ldirish, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, bosqinchilik, talonchilik, chegarani buzib o‘tish, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari, transport vositasini olib qochish kabi og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Bundan tashqari, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida shahar hududida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish borasida shahar IIBning xodimlari tomonidan tadbir boshidan 35 ta umumiy obyektga 87 dona zamonaviy kuzatuv kameralari, 11 ta xonadonlarga, 19 ta ko‘chalarga, 34 ta savdo do‘konlariga Boyovut tumanlararo Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan xonadonlar qo‘riqqa olinib, qo‘riqlov pultiga ulanish choralari ko‘rildi. Bu borada kamera va pultni afzalliklari haqida aholiga tushuntirish targ‘ibot ishlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Shahrimiz fuqarolaridan o‘g‘irlik jinoyatlarini oldini olish bo‘yicha o‘z shaxsiy mulklarini asrash va xavfsiz saqlashlarini, ko‘p qavatli yashash uylarda turuvchi fuqarolarimiz yo‘laklarda narsa buyumlarini qarovsiz qoldirmasliklarini, do‘kon, savdo va ishlab chiqarish obyektlari, servis va xizmat ko‘rsatish hamda boshqa idora va korxonalar rahbarlariga zamonaviy piksel ko‘rsatkichi 4 megapikseldan yuqori bo‘lgan sifatli videokuzatuv moslamalari o‘rnatishlarini maslahat berardim. Chunki, jinoyatchilikni kamaytirish va profilaktikasida ham zamonaviy videokuzatuv kameralar hamda qo‘riqlov pultini o‘rni va afzalligi katta. Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Boyovut tumanlararo Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan xonadoningiz yoki obyektlarni qo‘riqqa olish bo‘yicha pultga ulanishlari so‘rab qolamiz. Buning afzalligi, o‘g‘irlik yoki janjal va shunga o‘xshash noxush holatlarni oldini olishda qo‘riqqa olingan joyga o‘rnatilgan pult tugmasini bosgan vaqtingizda qisqa vaqtda Qo‘riqlash bo‘limi tezkor guruhi xodimlari chaqirilgan joyga yetib kelib o‘g‘irlik, janjal va boshqa shunga o‘xshash holatlarni oldini oladi va mulkingizni ishonchli saqlanishini kafolatlaydi.
Shuningdek, so‘nggi paytlarda kundan-kunga oshib borayotgan plastik kartalardan pul yechib olish holatlari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olishda quyidagilarga rioya qilishlaringizni so‘rab qolaman:
-plastik karta raqamingiz va uni amal qilish muddatini begona shaxslarga aytmang (Sababi hozirgi kibermakonda xaker firibgarlar plastik kartangizdan bor pullarni yechib olish uchun sharoit yaratib bergan bo‘lasiz.)
-plastik karta raqamingizni begona shaxslarga bermang. (Agarda plastik karta raqamingizni yo‘qotib qo‘ysangiz, darhol plastik karta berilgan bankning plastik kartalar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qilib, eski plastik kartangizni bloklatib, yangi plastik karta ochirish choralarini ko‘ring.)
-plastik kartangiz parolini hech kimga aytmang (Sababi firibgarlar tomonidan pul yechib olishiga sharoit yaratib bergan bo‘lasiz.)
-shubhali saytlar va axborot resurslariga o‘tmang;
-telefoningizni begonalarga bermang (shaxsingizga oid va boshqa maʼlumotlaringizni sir saqlang.)
-tekshirilmagan shubhali havolalardan ehtiyot bo‘lish va ushbu saytlarga o‘tmaslik;
Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilib, Siz nafaqat o‘zingizni balki yaqinlaringizni ham shaxsiy mablag‘larini asragan bo‘lasiz, balki bunday holatlarni oldini olishda o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lsasiz. Agarda bunday muammolarga duch kelsangiz darhol ichki ishlar organlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Shirin shahar IIB boshligʻi
Sanayev Begzot Yusubovich