Shirin shahrida 2023-yil 9 oyi davomida “Yoshlar daftari” va yoshlar bilan ishlashning
yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Joriy yilda mahalliy budjet prognozi orttirib bajarilgan qismining har chorak bo‘yicha
(1-2-choraklar) bo‘yicha 15% miqdorida, 1-chorak bo‘yicha 55,4 mln, 2-chorak bo‘yicha 47,8 mln so‘m
mablag‘lar “Yoshlar daftari jamg‘armasi”ga tushirilgan.
Hozirgi kunda “Yoshlar daftari”ga jami 442 nafar yoshlar kirgan bo‘lib, 2023–yilning 2-yarim yilligi davomida 373 nafariga amaliy yordamlar berildi.
Shundan:
Vasiylik kengashining tasdiqlangan bayonnomasiga asosan 14 nafar yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar olib berildi, 50 nafar yoshlarga to‘lov-kontrakt, 19 nafar yoshlarga pasport to‘lovi (ID), 10 nafar yoshlarga ilm-fan to‘garaklari to‘lovi, 8 nafar yoshlarga kelajak kasblari o‘quv kurslari uchun, 7 nafar yoshlarga haydovchilik o‘quv kursi to‘lovlari, 29 nafar yoshlarga davolanish xarajati,
2 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasini qoplash, 3 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruv rezervi to‘lovi, 16 nafar moddiy tomondan qiynalgan yoshga bir martalik moddiy yordam, 4 nafar yoshlarga olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlarini qoplash,
15 nafar yoshlarga maktab formasi va o‘quv qurollari uchun to‘lov, 25 nafar yoshlarga kredit mablag‘lari ajratildi, 8 nafar yoshlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi, 163 nafar yoshlar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi jami 373 nafar yoshlarning bandiligi taʼminlandi barchasiga amaliy yordamlar berildi. “Yoshlar daftari”da qolgan 69 nafar yoshlarga amaliy yordam berish choralari ko‘rilmoqda.
Maʼlumot uchun, 2023-yilning shu kuniga qadar “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan
426 mln 758 ming so‘m yoshlar muammolarini hal qilish uchun yo‘naltirildi.
Jumladan;
– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 50 nafar talaba yoshlarga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lov-kontrakt uchun 121 mln 322 ming so‘m mablag‘ Vasiylik kengashining qaroriga bilan to‘lab berildi.
-“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 3 nafar yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq qoplash uchun mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 18 mln 713 ming 860 so‘m mablag‘ Vasiylik kengashining qaroriga bilan to‘lab berildi.
-«Yoshlar daftari»ga kiritilgan 16 nafar yoshga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moddiy yordam 19 mln 280 ming so‘m mablag‘ Vasiylik kengashining qaroriga bilan to‘lab berildi.
– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 14 nafar yoshlarga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yoshlarga subsidiya asosida 58 mln 800 ming so‘m mablag‘ Vasiylik kengashining qarori bilan ajratilib yoshlarga subsidiya olishlari uchun ajratildi.
-«Yoshlar daftari»ga kiritilgan 29 nafar yoshlarga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan davolanish maqsadida 107 mln 453 ming so‘m mablag‘ Vasiylik kengashini tomonidan to‘lab berildi.
– Yoshlar daftariga kiritilgan 2 nafar yoshlarga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratish maqsadida 12 mln 600 ming so‘m mablag‘ Vasiylik qaroriga asosan to‘lab berildi.
– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 10 nafar yoshlarga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yo‘nalishlaridagi o‘quv kurslari uchun subsidiya ajratish maqsadida 17 mln 700 ming so‘m mablag‘ Vasiylik kengashining qaroriga bilan to‘lab berildi.
– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 19 nafar yoshlarga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan pasport to‘lovi (ID) uchun 5 mln 970 ming so‘m mablag‘ Vasiylik kengashining qaroriga bilan to‘lab berildi.
– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 7 nafar yoshlarga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan haydovchilik o‘quv kursi uchun 9 mln 120 ming so‘m mablag‘ Vasiylik kengashining qaroriga bilan to‘lab berildi.
– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 9 nafar yoshlarga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Kelajak kasblari loyihasi doirasida o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun
55 mln 800 ming so‘m mablag‘ Vasiylik kengashining qaroriga bilan to‘lab berildi.
Shirin shahar hokimi oʻrinbosari F.Alimov