Bugun, 1-noyabr kuni Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev qatnashgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi.
Ayni kunga qadar “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Guliston filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xazratqulov Niyoz Namazboyevich shahar hokimi etib tasdiqlandi.
Sessiya yigʻilishida soʻzga chiqqanlar shahar hokimi Niyoz Namazboyevichni ushbu lavozimga tayinlanganligi bilan qizgʻin tabriklab, u bilan yonma yon turib, birgalikda bir yoqadan bosh chiqarib ishlashlarini bildirishdi. Shuningdek, Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlangan sobiq shahar hokimi Sarvarbek Sultonovni shaharda amalga oshirgan munosib mehnatlari viloyat rahbariyati hamda shahar faollari tomonidan e’tirof etildi.
Mal’umot oʻrnida, Niyoz Namazboyevich 1983-yil 23-may kuni Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tavallud topgan. 2004-yil, Guliston davlat universiteti iqtisodiyot yoʻnalishini, 2006-yilda ushbu universitetning mintaqaviy iqtisodiyot yoʻnalishi magistranti hamda 2020-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining davlat boshqaruvi yoʻnalishlarini tamomlagan. 2005-yildan buyon bank sohasining turli mas’ul lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.