Saytimizga hush kelibsiz !

BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ USTOZLAR!

Mamlakatimizning har bir go‘shasida bo‘lgani kabi Shirin shahrida ham 1-oktabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» bayrami keng nishonlanmoqda. Bugun Shirin shahar Yoshlar markazi faollar zalida soha fidoyilari jam bo‘lishdi.

Bayram tadbirida dastavval shahar hokimi oʻrinbosari Farrux Alimov so‘zga chiqib, ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini bayram bilan qutladi hamda ularga yosh avlodga bilim berishdek murakkab ammo sharafli kasblarida zafarlar tiladi.

Shundan soʻng, Xalq ta’limi tizimidagi islohotlarni amalga oshirishdagi samarali mehnati, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh faxriy ustozlar, o’qituvchi va murabbiylar shahar hokimligining faxriy yorlig‘i, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida shahrimizdagi taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etilib, bayram tadbiri ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan