Festivalga «Sog’lom hayot uchun besh ming qadam» yurish marafoni bilan start berildi.
Shuningdek, kun davomida «Biz bir bo‘lsak, yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» shiori ostidagi «Yoshlar festivali» doirasida maʼnaviy-maʼrifiy, salomatlik, sport tadbirlari oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tadbirlar gala konsert dasturiga ulanib ketdi. Unda shahar Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tashkil etilgan ijodiy chiqishlar, ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga xushkayfiyat bag‘ishladi. Tantanali marosim yorqin mushakbozlik bilan yakunlandi.